» » Vazirlar Mahkamasida parlamentdagi vakolatli vakil lavozimi joriy etildi

Vazirlar Mahkamasida parlamentdagi vakolatli vakil lavozimi joriy etildi


O‘zbekiston Prezidenti 28-sentabr kuni Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisdagi vakolatli vakili lavozimi joriy etish to‘g‘risidagi qarorini imzoladi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.

Hujjatda qayd etilishicha, qaror Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis palatalari bilan hamkorligining tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish, qonun ijodkorligi jarayonida va ijro hokimiyati organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirishda Vazirlar Mahkamasi ishtirokining samaradorligini oshirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarini bajarishda Hukumat mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida qabul qilindi.

Vakolatli vakilning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Vakolatli vakil O‘zbekiston Prezidenti bilan kelishilgan holda Bosh vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. U o‘z faoliyatini Bosh vazir rahbarligida amalga oshiradi, bir vaqtning o‘zida uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtiriladi.

Vakolatli vakilga qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish dasturlarining o‘z vaqtida va sifatli tayyorlanishi hamda amalga oshirilishi, Oliy Majlis palatalari, ularning kengashlari, qo‘mitalari, komissiyalari (ishchi guruhlari), shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi deputatlar birlashmalari majlislarida qonunlar loyihalari va qonunlarni ko‘rib chiqishda ularni har tomonlama asoslash, iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va boshqa turdagi ekspertizadan to‘liq o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha shaxsiy mas’uliyat yuklandi.

Vakolatli vakil va uning apparati Hukumat binosida joylashtiriladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-09-2017, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 58) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют