» » AQSh Panamada saqlangan kimyoviy qurolni yo‘qotishni boshladi

AQSh Panamada saqlangan kimyoviy qurolni yo‘qotishni boshladi


AQSh Panamaning San-Xose orolida saqlangan kimyoviy qurolni yo‘qotishni boshladi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Kimyoviy qurol zaxiralarini yo‘qotish ishlari sentyabr oyi o‘rtalaridan beri olib borilayotgani bildirilmoqda.

Gap AQSh Ikkinchi jahon urushi va Vyetnamdagi urush davrida qo‘llash uchun sinovdan o‘tkazgan iprit, fosgen va omborlarda saqlanayotgan boshqa zaharlovchi moddalar haqida ketmoqda.

Ma’lumot uchun, AQSh harbiy bazalari Panamada 1914-yildan beri bo‘lgan va 1999-yilda yopilgan edi. Qo‘shma Shtatlarning mamlakat hududida qolgan qurol-aslahalari miqdori aniq emas.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShni kimyoviy qurolni yo‘q qilish bo‘yicha majburiyatlarini bajarmaslikda ayblagandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-09-2017, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют