» » OAV: Turkiyada Gyulenga aloqadorlikda 117 nafar ofitser hibsga olindi

OAV: Turkiyada Gyulenga aloqadorlikda 117 nafar ofitser hibsga olindi


Turkiya xavfsizlik kuchlari mamlakatning 45 ta viloyatida Turkiya Qurolli kuchlarining 117 nafar ofitserini qo‘lga olish operatsiyalarini amalga oshirmoqda. Ular muxolifatchi Fathulloh Gyulenga (FETO) aloqasi borlikda gumonlanib qo‘lga olingan. Bu haqda NTV telekanaliga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Hibsga olish orderini taqdim etgan Izmir prokuraturasining taxminlariga ko‘ra, ofitserlar yuqori darajali FETO a’zolari bilan himoyalangan aloqa kanallari orqali yashirin muzokaralar o‘tkazgan.

Isyonchilar guruhi 2016-yilning 16-iyul kechasi Turkiyada harbiy to‘ntarishni amalga oshirishda ishtirok etgan. Asosiy qarama-qarshiliklar Anqara va Istanbulda sodir bo‘lgan. Buning oqibatida 240 dan ortiq turk fuqarolari halok bo‘lgan, 2 mingdan ortiq inson jarohat olgan. Isyondan keyin 50 mingdan ortiq odam hibsga olingan, 140 ming davlat idoralari xodimlari vazifasidan bo‘shatilgan yoki chetlatilgan.

Turkiya hukumati FETO’ni ushbu to‘ntarishga aloqasi borlikda ayblagan. AQShda istiqomat qilayotgan Gyulenning o‘zi ayblovni rad etgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-09-2017, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют