» » Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy qo‘lga olindi

Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy qo‘lga olindi


Rossiya prezidentligi uchun o‘z nomzodini qo‘yishi kutilayotgan muxolifatchi Aleksey Navalniy Moskvada qo‘lga olindi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Moskva politsiyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Navalniyga nisbatan odamlarni kelishilmagan namoyishlarda qatnashishga bir necha bor chaqirganlik sabab ma’muriy qoidabuzarlik haqida bayonnoma tuzilgan.

Xabar berishlaricha, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish materiallari yaqin vaqt ichida sudga yuboriladi. Qayd etishlaricha, Navalniy saqlanayotgan politsiya bo‘linmasi oldida 30 ga yaqin odam to‘plangan.

Navalniyga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ochilishiga sabab bo‘lgan modda bo‘yicha fuqaro 30 sutkagacha hibsda saqlanishi yoki 150 mingdan 300 ming rublgacha jarima to‘lashi mumkin.

Aleksey Navalniy 29-sentabr kuni tongda vokzalga ketayotganida qo‘lga olingan. U Nijniy Novgorod shahriga borib, u yerda mahalliy vaqt bilan 18:00 da boshlanadigan o‘z tarafdorlari mitingida qatnashishi lozim edi.

Navalniy qo‘lga olinib, politsiya bo‘linmasiga olib kelinganidan ko‘p o‘tmay, Nijniy Novgorodda ham Navalniyning saylov shtabi boshlig‘i Leonid Volkov qo‘lga olingan. Unga nisbatan ham Navalniyniki kabi ayblovlar ilgari surilmoqda.

Avvalroq Navalniy 29-sentabrdan 1-oktabrga qadar Nijniy Novgorod, Orenburg va Arxangelsk shaharlarida o‘z tarafdorlari ishtirokida mitinglar o‘tkazishni rejalashtirayotganini e’lon qilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-09-2017, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют