» » Qirg‘iziston bosh vaziri tarixda birinchi bor Rossiyaga rasmiy tashrif uyushtiradi

Qirg‘iziston bosh vaziri tarixda birinchi bor Rossiyaga rasmiy tashrif uyushtiradi


Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isakov 29-sentabr, juma kuni Rossiyaga keladi. Bu mamlakat bosh vazirining Qirg‘iziston mustaqillikka erishganidan beri birinchi bor Moskvaga rasmiy tashrif bilan kelishi hisoblanadi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

“Bosh vazir Sapar Isakov rasmiy tashrif bilan Rossiyaga keladi. Bu Qirg‘iziston Respublikasi bosh vazirining 1991-yildan beri Rossiyaga uyushtirgan birinchi bor rasmiy tashrifi hisoblanadi. Shuningdek, bu Sapar Isakovning bosh vazir lavozimida Rossiyaga birinchi bor kelishi”, — dedi agentlik suhbatdoshi.

Qirg‘iziston parlamenti 25-avgust kuni prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun iste’foga chiqqan Sooronbay Jeenbekovning o‘rniga Isakovni tasdiqlagan edi.

Qirg‘iz hukumatining ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘iziston bosh vaziri rasmiy tashrif doirasida bir qator uchrashuvlarni amalga oshiradi, jumladan, Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev, Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin bilan ko‘rishadi, shuningdek, Moskvadagi noma’lum askar qabriga gul qo‘yadi.

Bundan tashqari, Isakov o‘zining tashrifi vaqtida Rossiyada istiqomat qilayotgan qirg‘iz vatandoshlari bilan uchrashib, rus OAVlariga intervyu beradi. Tashrif 29—30-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-09-2017, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют