» » Ilon Mask raketalardan Yerning istalgan nuqtasiga aviachipta narxida parvoz qilish uchun foydalanishni taklif etdi

Ilon Mask raketalardan Yerning istalgan nuqtasiga aviachipta narxida parvoz qilish uchun foydalanishni taklif etdi


SpaceX asoschisi Ilon Mask Yerdagi manzillar o‘rtasida qaytib qo‘nadigan raketa va kosmik kemalar yordamida harakatlanishni nazarda tutuvchi transport konsepsiyasini taqdim etdi. Meduza’ning yozishicha, milliarder Marsga parvozlar uchun tayyorlanayotgan BFR (“haddan tashqari katta raketa”) raketasidan transport vositasida sifatida foydalanishni taklif qilmoqda.

Mask tomonidan namoyish etilgan taqdimotda bunday kema yo‘lovchilarni Nyu-Yorkdan Shanxayga 39 daqiqa ichida yetkazishi ta’kidlanadi. Yerning istalgan ikki nuqtasi o‘rtasidagi masofa bir soatdan kamroq vaqt ichida bosib o‘tiladi. Bunda chipta narxi, Maskning so‘zlariga ko‘ra, oddiy samolyotning ekonom-klassidagi tarifdan oshmaydi.

Shuningdek, Mask SpaceX 2022-yilga qadar Marsga kamida ikkita yuk kemasini yetkazishni rejalashtirayotganini e’lon qildi. Kompaniya Qizil sayyoraning dastlabki mustamlakachilarini 2024-yilgacha Marsga yetkazmoqchi. Ular Marsda uzoq muddat yashashga mo‘ljallangan baza qurishni boshlaydi.

Bundan tashqari, BFR Xalqaro kosmik stansiya va Oyga ham kemalarni yetkazishga moslashtiriladi.

BFR is capable of transporting satellites to orbit, crew and cargo to the @Space_Station and completing missions to the Moon and Mars. pic.twitter.com/p9staho4VZ

— SpaceX (@SpaceX) September 29, 2017

SpaceX asoschisi Ilon Mask Marsga odamlarni yetkazish rejalari haqida 2016-yil sentabrida e’lon qilgan edi. U Marsning ilk mustamlakachilarining Yerga qaytishi ehtimoli juda kamligini ma’lum qilgan edi.

2017-yil fevralida esa SpaceX Oyga parvozlar rejasini e’lon qildi. Reja bo‘yicha, bunday parvozlar 2018-yildan boshlanishi kerak.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-09-2017, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют