» » Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya va Yaponiyaga safar qiladi

Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya va Yaponiyaga safar qiladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya va Yaponiyaga safar qiladi. Bu haqda Xalqaro press-klubning 29-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida qatnashgan tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ma’lum qildi.

TIV rahbarining qayd etishicha, hozirgi vaqtda O‘zbekiston Prezidentining Janubiy Koreya va Yaponiyaga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ayni vaqtda, vazir tashriflarning sanalariga aniqlik kiritmadi.

Ma’lumot uchun, 26-sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya parlamenti rahbari Chon Se Gyunni qabul qilgan edi. Uchrashuv chog‘ida rasmiy Seul Shavkat Mirziyoyevning tez orada Janubiy Koreyaga tashrif bilan borishini kutayotgani ma’lum qilingan edi.

Mavzuga doir: Rasmiy Seul Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga tez orada tashrif bilan borishini kutmoqda

Qayd etish joiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning boshidan beri Turkmaniston (3 marta), Qozog‘iston (4 marta), Rossiya, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Qirg‘iziston va AQShda bo‘ldi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-09-2017, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют