» » Politsiyachilar itlarga nisbatan allergiyasi borligini aytgan ayolni kuch ishlatib samolyotdan olib chiqdi (video)

Politsiyachilar itlarga nisbatan allergiyasi borligini aytgan ayolni kuch ishlatib samolyotdan olib chiqdi (video)


AQShda bir ayolga nisbatan kuch ishlatilib, u Southwest Airlines aviakompaniyasining samolyotidan olib chiqildi. Bunga ayolning kuchuklarga allergiyasi borligini aytgani sabab bo‘lgan. Ko‘ngilsiz hodisa haqida LA Times’ga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Merilend san’at institutining 46 yoshli professori Anila Daulatzai Baltimordan Los-Anjelesga uchadigan samolyot borti ikkita  kuchuk borligini bilgach, hayvonlarni samolyotdan chiqarib tashlashlarini talab qilgan.

Ekipaj a’zolari Daulatzaidan allergiyasi borligini tasdiqlovchi ma’lumotnomani ko‘rsatishini so‘ragan, biroq unda bu kabi hujjat bo‘lmagan. Shunda ayolga samolyotni tark etishini taklif qilishgan, ammo u bosh tortgan. Oqibatda mojaroga politsiya aralashgan.

Samolyotning 61 yoshli yo‘lovchisi Bill Dumas ayolni kuch ishlatgan holda samolyotdan olib chiqilayotganini videoga olgan. Ayol politsiyachilardan o‘ziga teginmasliklarini talab qilgan va otasi operatsiya qilinishi lozimliginia aytgan. Daulatzai politsiyachilarning talabini bajarmagach, unga nisbatan kuch ishlatilgan.

LA Times’ning ma’lumotlariga ko‘ra, Daulatzaiga nisbatan politsiyaga bo‘ysunmaslik va jamoat tartibini buzish ayblovlari e’lon qilingan.

Video muallifining so‘zlariga ko‘ra, politsiyachilar o‘zini juda asabiy tutgan, biroq ayol “ularga boshqa imkon qoldirmagan”. Ijtimoiy tarmoqlarning ko‘plab foydalanuvchilari uning fikriga qo‘shilgan.

Southwest Airlines aviakompaniyasi tartib-qoidalariga ko‘ra, agarda yo‘lovchi allergiyasi borligi haqida avvalroq ma’lum qilsa, u hayvonlardan iloji boricha uzoqroq joyga o‘tqiziladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-09-2017, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют