» » GM Uzbekistan yagona savdo portali — “Chevrolet.uz”ni ishga tushirdi

GM Uzbekistan yagona savdo portali — “Chevrolet.uz”ni ishga tushirdi


GM Uzbekistan 29-sentabrdan yagona savdo portali “Chevrolet.uz”ni ishga tushirdi. Shu munosabat bilan kompaniya tomonidan OAV xodimlari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

“Chevrolet.uz” savdo portali xaridorga o‘zi uchun kerakli avtomobil modeli, rangi, mos keluvchi to‘plami, shuningdek, avtomobilni xarid qilish maqsadida ariza berish uchun eng yaqin avtosalonni tanlash imkonini beradi.

Ariza berishdan avval bo‘lajak xaridor o‘zi xarid qilmoqchi bo‘lgan avtomobil turi haqida barcha ma’lumotlarni vizual formatda olishi mumkin. Avtomobilning interyeri va eksteryeri, aynan shu to‘plamga doir mavjud funksiyalari bilan tanishish hamda avtomobil xarid qilish uchun arizani rasmiylashtirish imkoniyati yaratilgan.

Shundan so‘ng xaridor o‘zi uchun qulay bo‘lgan usulda shartnoma rasmiylashtirish va pul mablag‘larini to‘lashga o‘z navbati yaqinlashayotganini kuzatib borishi mumkin.

Yangi tizim avtomobil xarid qilishning barcha bosqichlari shaffof bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-09-2017, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют