» » MTS operatori Turkmanistondagi faoliyatini to‘xtatdi

MTS operatori Turkmanistondagi faoliyatini to‘xtatdi


Rossiyaning MTS mobil operatori 29-sentabrdan Turkmanistondagi faoliyatini to‘xtatdi. U mahalliy aloqa tarmoqlaridan uzildi, deb xabar beradi Meduza.

“Konstruktiv muloqotga chaqirganimizga qaramay, mahalliy davlat regulyatorlari va davlat kompaniyalari chastotalardan foydalanish ruxsatnomalari, ijara shartnomalari va aloqa xizmatlarini taqdim etish uchun zarur boshqa resurslarni uzaytirmaydi”, — ma’lum qildi MTS matbuot kotibi Dmitriy Solodovnikov.

Kompaniya Turkmanistondagi litsenziyasi 2018-yil 26-iyulga qadar amal qilishini bildirib o‘tdi.

Iyun oyida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakatda “MTS–Turkmaniston” o‘rniga yangi “Ay Nazar” mobil operatorining yaratilishini ma’qullagan edi.

MTS’ning Turkmaniston bo‘linmasida ishlab kelgan ayrim xodimlar yangi kompaniyaga o‘tayotgani bildirilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-09-2017, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют