» » Deputatlar O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

Deputatlar O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan qonun loyihalarini ko‘rib chiqdi, deb xabar beradi parlamentning rasmiy sayti.

Deputatlar dastlab “O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnomani (Bishkek, 2017-yil 5-sentabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasini muhokama qildi. Majlisda qonun loyihasi katta tarixiy ahamiyatga ega ekanligi, orzulari, niyatlari bir qardosh o‘zbek va qirg‘iz xalqlarini bir-biriga yaqinlashtirishdek ezgu maqsadga xizmat qilishi ta’kidlanib, deputatlar tomonidan to‘la qo‘llab-quvvatlandi.

Shundan keyin bir guruh deputatlar tomonidan qonun tashabbusi huquqi asosida quyi palataga birinchi o‘qishda kiritilgan “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Nihoyat, ular O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi. Mazkur qonun loyihasi bilan mulk jinoyat quroli sifatida foydalanilganda, mulkdorning aybi bo‘lmagan holatlar bo‘yicha uni musodara qilish mumkin emasligi o‘rnatilmoqda. Deputatlarning fikricha, qonuning qabul qilinishi mamlakatda xususiy mulk va mulkdorlarning huquqlarini himoya qilish kafolatlarini yanada mustahkamlanishiga olib keladi.

Majlisda parlament a’zolari Qonunchilik palatasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-09-2017, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют