» » Samarqand viloyatining 3 ta tumanida elektr energiyasidan qarzdor fuqarolar MIB xodimlariga tan jarohati yetkazdi (video)

Samarqand viloyatining 3 ta tumanida elektr energiyasidan qarzdor fuqarolar MIB xodimlariga tan jarohati yetkazdi (video)


Samarqand viloyatida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi xodimlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish holatlari qayd etildi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” xabar berdi.

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani “Gulzor” mahallasida istiqomat qiluvchi Faxriddin Tursunovning iste’mol qilingan elektr energiyasidan 7 million so‘mdan ziyod qarzdorligi aniqlanib, byuro xodimlari xonadonni tarmoqdan uzayotgan vaqtida Tursunov davlat inspektori Toshmatovni haqoratli so‘zlar bilan haqorat qilgan. Shuningdek, u MIB inspektoriga turli tan jarohatlari yetkazgan.

Payariq tumanidagi “Chol Mo‘yin” mahallasida yashovchi ota-bola Baxtiyor va Bahrom Qilichovlar savdo do‘koniga o‘g‘rincha yo‘l bilan elektr simini tortib, noqonuniy foydalanib kelayotganligi MIB xodimlari tomonidan fosh qilingan. Shundan so‘ng, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida do‘kon egalari tayoq, tosh hamda qo‘l va oyoq bilan MIB xodimlariga tan jarohati yetkazgan.

Pastdarg‘om tumani “Novchandir” mahallasida ham shunga o‘xshash holat qayd etildi. Byuro xodimlari Soyibjon Jumonovni elektr energiyasidan qarzi borligi haqida ogohlantirish maqsadida xonadoniga kirganda mast holdagi uy egasi tomonidan turli uyatsiz so‘zlar bilan haqoratlangan. Shuningdek, uy egasi byuro xodimining yuz qismiga musht tushirgan.

Ayni vaqtda yuqoridagi holatlar bo‘yicha qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lumot uchun: Jinoyat kodeksining 219-moddasida xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatganlik uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish, 140-moddasida esa haqorat qilgan uchun eng kam oylik ish haqining 600 baravari miqdorida jarima belgilangan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (30-09-2017, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют