» » Angela Merkel Trampni Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvni saqlab qolishga chaqirdi

Angela Merkel Trampni Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvni saqlab qolishga chaqirdi


Germaniya kansleri Angela Merkel AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqotda Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvni saqlab qolish zarurligini bildirdi. Bu haqda mamlakat hukumati rasmiy vakili Shteffen Zaybert ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Kansler va prezident ‘oltilik’ va Eron o‘rtasidagi kelishuv kelajagini muhokama qildi. Kansler yadro quroli tarqalishining oldini olishda muhim unsur bo‘lgan kelishuvni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi”, — dedi Zaybert.

Shu bilan birga, Merkel va Tramp Tehronning Suriya va Livandagi mojarolarda tutgan o‘rnini “salbiy” va “nomaqbul” deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Germaniya kansleri Trampni KXDRni yo‘q qilish haqidagi gaplarini tanqid ostiga olgandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (30-09-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют