» » Fotogalereya: Rossiyadagi stadionlar JCh—2018 ga qanchalik tayyor?

Fotogalereya: Rossiyadagi stadionlar JCh—2018 ga qanchalik tayyor?


Rossiya 2018-yilning yozida bo‘lib o‘tadigan har to‘rt yillikning eng yirik futbol musobaqasi — Jahon Chempionatiga hozirlik ko‘rmoqda.

Xalqaro futbol uyushmasi FIFA mundial o‘yinlarini qabul qiluvchi stadionlar JChga qanchalik tayyor degan savolni o‘rtaga qo‘yib, stadionlardan rasmlar taqdim etdi. Bunda ba’zi stadionlar futbol uchrashuvlariga to‘liq tayyorlangan bo‘lsa, ba’zilarida qurilish ishlari yil yakuniga qadar tugatilishi aytib o‘tilgan.

Stadion rekonstruksiyadan chiqib ulgurdi. “Lujniki” tez orada ilk rasmiy o‘yinni o‘tkazadi.

Stadionning ichki ko‘rinishi futbol o‘yini o‘tkazish uchun to‘la tayyor qilingan. Uning atrofida esa tez orada yakuniga yetishi kutilayotgan pardozlar ishlari qolgan.

Bu yerda qurilish yakuniga yetmagan. Agar rejadan chiqib ketilmasa, Samaradagi chiroyli arena yil yakuniga qadar foydalanish uchun topshiriladi.

Stadion tashqi ko‘rinishini yasatish uchun ish jadallik bilan davom etmoqda. FIFA ma’lumotiga ko‘ra, ichki qism to‘la tayyor.

Bu yerda qurilish ishlari hali ham davom etmoqda. Stadionga yangi o‘rindiqlar o‘rnatib chiqilayotgan bo‘lib, uning maysasini parvarishlash birinchi darajaga chiqqan.

Uy uchrashuvlarini qabul qilish uchun tayyor stadion. Uning ustki qismi “Bunyodkor”ni eslatib yuboradi.

Mazkur stadionda bemalol o‘yin o‘tkazish imkoniyati mavjud.

Rejaga ko‘ra, stadionlar ichida eng oxirgi bo‘lib mana shunisi ishga tushadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (30-09-2017, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют