» » Qoraqalpog‘istonda 21 nafar nogiron va yoshi ulug‘ keksalarning xonadonlariga borilib, pasportga tushirildi va tayyor pasportlar topshirildi (foto)

Qoraqalpog‘istonda 21 nafar nogiron va yoshi ulug‘ keksalarning xonadonlariga borilib, pasportga tushirildi va tayyor pasportlar topshirildi (foto)


2017-yilning sentabr oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri, To‘rtko‘l, Amudaryo, Taxtako‘pir va Mo‘ynoq tumanlarida yashovchi 21 nafar nogiron va yoshi ulug‘ keksalarning xonadonlariga borilib, olib yuruvchi mobil qurilmasi yordamida pasportga tushirildi va tayyor pasportlar topshirildi, deb xabar berdi “KRuz.uz”.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisining 1 228 333 nafar fuqarosi biometrik pasport olishi lozim bo‘lib, hozirgi kunga qadar 1 033 274 nafariga biometrik pasport berilgan. Bu esa biometrik pasport olishi kerak bo‘lgan aholining 84,12 % tashkil etadi. Kelgusida belgilangan rejani bajarish uchun 195 059 nafar aholiga biometrik pasport berilishi kerak.

Pasportlarni tarqatish va fuqarolarni biometrik pasportni olishga jalb etish maqsadida SMS xabar orqali, hududiy profilaktika inspektorlari va mahalla vakillari hamkorligida pasport bo‘linmasiga jalb qilish choralari ko‘rilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (30-09-2017, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют