» » AQSh sog‘liqni saqlash vaziri budjet mablag‘laridan shaxsiy ehtiyojlari yo‘lida foydalangani uchun iste’foga chiqadigan bo‘ldi

AQSh sog‘liqni saqlash vaziri budjet mablag‘laridan shaxsiy ehtiyojlari yo‘lida foydalangani uchun iste’foga chiqadigan bo‘ldi


AQSh Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi rahbari Tom Prays iste’foga chiqishga qaror qildi. Prezident Donald Tramp uning ketish borasidagi qaroriga rozi bo‘ldi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Sara Sandersga asoslanib, “Interfaks” xabar berdi.

Bunga qadar AQSh prezidenti Donald Tramp Praysdan norozi ekanligini va sog‘liqni saqlash vaziri uning Amerika ma’muriyatida korrupsiyani to‘xtatish borasidagi rejalariga xalaqit berayotganini ma’lum qilgandi.

Tramp joriy hafta davomida jurnalistlarga Praysni ishdan bo‘shatish borasidagi rejasini oshkor qilgandi.

Avvalroq, Prays AQSh soliq to‘lovchilariga bir necha yuz ming dollarga tushadigan xususiy charter samolyotlaridan haddan tashqari ko‘p foydalangani uchun keskin tanqidlar ostida qolgandi.

Mavzuga doir: AQSh sog‘liqni saqlash vaziri biznes-jetlarga sarflagan 400 ming dollar pulini qaytaradigan bo‘ldi

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (30-09-2017, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют