» » Tramp AQSh mansabdorlarining Rossiya, Eron va KXDRga nisbatan sanksiyalarni qo‘llash bo‘yicha vakolatlarini taqsimladi

Tramp AQSh mansabdorlarining Rossiya, Eron va KXDRga nisbatan sanksiyalarni qo‘llash bo‘yicha vakolatlarini taqsimladi


AQSh prezidenti Donald Tramp Davlat kotibi, moliya vaziri va milliy razvedka direktori o‘rtasida Rossiya, Eron va KXDRga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirishga qaratilgan qonunni qo‘llash vakolatlarini taqsimlash bo‘yicha memorandumni imzoladi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Jumladan, Davlat kotibi Reks Tillersonga qonunning Rossiyaga taalluqli qator moddalari bajarilishi, jumladan, sansiyalarning qonunchilik yo‘li bilan mustahkamlanishini nazorat qilish topshirilgan.

Tillerson “kiberxavfsizlikka ziyon yetkazishi” mumkin bo‘lgan kishilarga viza berishni rad etish bo‘yicha qaror qabul qilish, Rossiya moliyaviy tashkilotlariga nisbatan yangi cheklovlar qo‘llanishi uchun ham javob beradi.

Moliya vaziri Stiven Mnuchin Rossiya hududida korrupsiya tarqatilishi uchun joriy etiladigan sanksiyalar bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, Tillerson ikkoviga Suriya hukumatiga qurol-aslaha yetkazib beradiganlarga qarshi choralar ko‘rish topshirilgan.

Tramp memorandumiga ko‘ra, qonunning aksariyat qismlarini amalga oshirish bo‘yicha qarorlar Tillerson, Mnuchin va AQSh milliy razvedkasi rahbari Deniel Kouts o‘rtasida o‘zaro muvofiqlashtirilgan holda qabul qilinishi lozim.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (30-09-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют