» » LG TwinWash kir yuvish mashinasi va LG Styler bug‘ kamerasi: uy ishlarida eng yaxshi yordamchilar!

LG TwinWash kir yuvish mashinasi va LG Styler bug‘ kamerasi: uy ishlarida eng yaxshi yordamchilar!


Yuvish va dazmollash biz oilamiz hamda do‘stlarimiz bilan muloqot qilishga ajratadigan qimmatbaho vaqtni tortib olishi mumkin.

LG Electronics kompaniyasidan ikkita barabanli TwinWash kir yuvish mashinasi bir vaqtning o‘zida oq, qora va rangli narsalarni yuvish imkonini beradi. Bir xil rangdagi narsalar to‘planishini kutishingiz shart emas, ichki kiyimdan tashqi kiyimgacha — hamma narsani birdaniga yuvishingiz mumkin. Buning ustiga, kir yuvish mashinasining o‘lchamlari sizga buni bajarishga imkon beradi: barabanlarning umumiy yuklanishi 17 kilogrammgacha.

Bug‘ bering! TrueSteam eng yangi texnologiyasi bir nechta muammolarni hal qiladi: yoqimsiz hidlarni yo‘q qiladi, hatto eng kichik qatlarni dazmollaydi, matoni himoya qiladi va allergenlarni yo‘qotadi. Bug‘ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kir yuvish vaqtida qo‘shishingiz yoki uni narsalarga yangilik berish uchun alohida ishlatishingiz mumkin.

TurboWash rejimi eng kichik kirlarni, shu jumladan, kir yuvish kukuni zarrachalarini ham samarali yo‘qotadi. Suvning mitti zarralarini kiyim orqali, kirni chayish vaqtida purkash vaqtingizni sezilarli darajada tejaydi.

LG Styler ko‘p funksiyali bug‘ shkafi kiyimlaringiz haqida sizning o‘rningizga qayg‘uradi. Siz shunchaki shkafga narsalarni osib qo‘ying va o‘zingizning ishlaringiz bilan band bo‘ling. Oradan bir muncha vaqt o‘tgach, toza, dazmollangan narsani olishingiz mumkin. Va bu kino emas, balki zamonaviy hayot!

Siz namli yuvishni yoqtirmaydigan narsalarni tartibga keltirishingiz mumkin: yungli kiyimlar, mo‘yna va teri, yumshoq o‘yinchoqlar, kostyumlar va ustki kiyimlar, sport formasi. Qishki mavsumda siz shkafda choyshabni isitishingiz, eskirgan narsalardan yoqimsiz hidlarni yo‘qotishingiz, chiziqlar qilishingiz yoki qatlarni bartaraf qilishingiz mumkin – dasturlar ro‘yxati har qanday muayyan hayotiy vaziyatga mos keladi.

Maishiy texnika dunyosidagi ushbu yangilik zamonaviy uy bekalari uchun hayotni qanday osonlashtirayotganini tasavvur qilish qiyin emas. Mato haqida ehtiyotkorlik bilan g‘amxo‘rlik qilish nafaqat vaqtingizni, pulingizni va asablaringizni, balki sizning narsalaringizni ham asraydi.

Reklama huquqi asosida!

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (30-09-2017, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют