» » Qozog‘istondan kiradigan avtomobillar uchun aksiz kamaytirildi

Qozog‘istondan kiradigan avtomobillar uchun aksiz kamaytirildi


Qozog‘istonda ishlab chiqarilib, O‘zbekistonga olib kiriladigan yangi transport vositalari uchun (tibbiyot mashinalaridan tashqari) aksiz stavkalari 1-oktabrdan 2 foizga tushiriladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Bu Prezidentning 29-sentabr kuni imzolangan qarorida nazarda tutilgan. Unga ko‘ra, mamlakat hududiga olib kiriladigan aksizli mahsulotlar uchun import bojlari va aksiz soliqlari qayta ko‘rib chiqiladi.

Bunga qadar imtiyoz faqat Rossiya va Ukrainadan olib kiriladigan transport vositalari uchun joriy etilgan edi.

Oldinroq Qozog‘iston avtomobil sohasi korxonalari ittifoqi “QazAvtoProm” O‘zbekistonga olib kiriladigan avtomobil texnikasi uchun aksiz soliqlarining yuqoriligidan norozilik bildirgan edi.

Kuchli bojxona-tarif to‘siqlari tufayli Qozog‘istondan O‘zbekistonga avtomobil olib kirilmaydi. Shu paytning o‘zida o‘zbekistonlik avtomobilsozlarning mashinalari Qozog‘istonda har qanday boj va aksizdan ozod qilingan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (30-09-2017, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют