» » Islombek To‘laganov Jasurbekning o‘limi yuzasidan ko‘rsatma berdi

Islombek To‘laganov Jasurbekning o‘limi yuzasidan ko‘rsatma berdi


Mirobod tuman sudida 29-sentabr kuni Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji talabasi Jasurbek Ibrohimovning o‘limi bilan bog‘liq ravishda ochilgan ish yuzasidan ikkinchi sud eshituvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

26-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan birinchi eshituvda marhumning onasi Nilufar Aliyevaning ko‘rsatmalari tinglangan edi. Islombek To‘laganovning ko‘rsatma berishi sudya qaroriga binoan qoldirilgan edi.

Saytda Islombekning 3-may kuni bo‘lib o‘tgan fojia haqidagi ko‘rsatmalari keltirildi.

Hammasi 2-may kuni boshlandi. Men kollej tomonga ketayotganimda, Abdullayev Dilshod (3-kurs talabasi) va Ibrohimov Jasur muloqot qilib turganini ko‘rdim. Salomlashish uchun ularga yaqinlashdim va Dilshoddan hol-ahvol so‘radim. U Jasur uning singlisiga tegajog‘liq qilganini, unga SMS-xabarlar yozayotganini aytdi. Shundan so‘ng Jasurning foydasini o‘ylab, Dilshodga Jasur boshidan jarohat olganini, bu haqda u menga birinchi kursda gapirib berganini aytdim.

O‘sha kuni biz kollej hududidagi oshxonada ko‘rishdik. Ertasiga, 3-may kuni, taxminan soat 14:00 da men o‘quv binosi tomondan hojatxona tomonga ketayotganimda Jasur kursdoshlari Begzod va Temur bilan chelak bilan chiqindixonaga ketayotgandi. Hojatdan qaytayotganimda, ular chiqindixona tomondan kelayotgandi, men esa o‘quv binosiga ketayotgandim. Shu payt ulardan biri meni chaqirdi, Jasur men nega Dilshodga uning boshi jarohat olganini aytganimni so‘radi. Men unga bu gapni uni o‘ylab aytganimni aytib, noto‘g‘ri tushungani uchun kechirim so‘radim.

Lekin shu payt kursdoshlari Begzod va Temur yonida Jasur yuzimning chap qismiga zarba berdi. Men bunga aralashdim, lekin javob qaytarmadim. So‘ng Jasur kollejdan tashqariga chiqishimni talab qildi, birma-bir chiqishimizni aytdi. Men bunga e’tibor bermay, ichkariga kirdim. Ortimdan Begzod kelib, Jasurning menga gapi borligini va ko‘chaga chiqishimni aytdi. Sinfda men sumkamni qoldirib, Begzod bilan turniket orqali ko‘chaga chiqdim, u yerda meni 3-kurs talabasi Temur, Hurmat, Temur va Jasur kutardi. Ular kollej qarshisida soyada turganida, men ularga yaqinlashdim, uchinchi kurs Temur mendan so‘radi: “Islom, nima gap?” Men 2 va 3-may kuni bo‘lib o‘tgan voqealarni aytib berdim. Shunda Temur hammaning oldida yarashishni taklif qildi. Men Jasurga qo‘limni uzatdim, ammo u yarashishni xohlamas, mushtlashishni taklif qilardi.

Biz 145-maktab ortidagi garajlar tomonga bordik. U yerda Jasur ko‘ylagi va maykasinii yechdi va biz mushtlasha boshladik. Mushtlashuv chog‘ida u qo‘limga tepdi. So‘ng orqamdan bo‘ynimdan ushlab, bo‘g‘di, biz yerga yiqildik. Shu palla Hermat yugurib kelib, men chetga itardi, bizni ajratib qo‘ydi. Mushtlashuv chog‘ida bolalar chekkada turar, biz yolg‘iz mushtlashardik. Ketayotganimda, meni O‘lmas chaqirayotganini eshitdim. Ortimga qarasam, Jasur men tomonga yugurib kelyapti. Shu payt oyog‘imni ko‘tardim, Jasur esa yugurib kelib qorni bilan oyog‘imga urildi va yerga yiqildi. Jasurning burnidan qon oqa boshladi. So‘ng suv olib kelishdi va Jasur yuvinib oldi. Bino oldiga yaqinlashdik, u yerda oq xalatli ikki ayol bor edi, ular Jasurga ofisga tushib, yuvinishni taklif qildi. Bir muddatdan so‘ng Jasur burnida paxta bilan chiqdi. So‘ng biz undan o‘zini qanday his etayotganini so‘radim, u yaxshiligini aytdi. Shundan keyin biz “Korzinka” supermarketiga yaqinlashdik, u yerda Jasur va Begzod qoldi. Temur kollejga kelib, Jasurning sumkasini olib keldi. So‘ng biz o‘qishga qaytdik, Jasur esa uyga ketdi. Bir muddatdan so‘ng Temur Jasurga qo‘ng‘iroq qilib, u uyiga yetib olganini, ahvoli yaxshiligini va uxlashga yotayotganini bildi. Shundan so‘ng o‘qishdan chiqib, uyga ketdim…

Jabrlanuvchi tomon Jasur bir guruh odam tomonidan kaltaklanganini bildirgan edi. Ammo Islombek buni inkor etmoqda.

To‘laganov o‘z versiyasini gapirib berganidan so‘ng sudya unga qo‘shimcha savollar berdi.

— Qachon Turkiyaga uchib ketdingiz?

— Turkiyaga 1-iyun kuni uchib ketdim (o‘sha kuni Jasurbek vafot etgan edi).

— Qanday maqsadda?

— U yerda yashaydigan opamni ko‘rish uchun ketdim.

— Jasur o‘lgan paytda-ya?

— Yo‘q, bu bilan bog‘liq emas. Bu haqda faqat 4-iyun kuni bildim.

— 1-iyun kuni imtihonlar tugagan edimi? Qanaqasiga o‘qishni tashlab uchib ketdingiz?

— Besh kunga borib kelishim kerak edi.

— O‘z ko‘rsatmalaringizda Turkiyaga tushkun ahvoldan o‘zingizga kelish uchun ketganingizni yozgansiz, shunaqami?

— Ha, haqsiz.

Islombekka Nilufar Aliyeva, ikki tomonning advokatlari, shuningdek, davlat ayblovchisi ham berdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (30-09-2017, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют