» » Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi

Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-sentabr kuni maktabgacha ta’lim tizimini tubdan yaxshilash to‘g‘risidaga farmonni imzoladi. Hujjatda maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilishi ko‘zda tutilgan, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Vazirlik strukturasiga Qoralpog‘iston maktabgacha ta’ldim vazirligi, Toshkent maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, shuningdek, viloyat boshqarmalari hamda ularning tuman va shaharlardagi bo‘linmalari kiradi.

Farmonda aytilishicha, oxirgi 20 yilda davlat MTMlari soni 45 foizga qisqargan, bolalarning MTMlar bilan qamrab olinishi esa 30 foizni tashkil etadi.

Yangi vazirlikning asosiy vazifalari — mamlakatda o‘zaro raqobatdosh davlat va nodavlat MTMlar tarmog‘ini yaratish orqali bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalari bilan qamrab olinish hajmini oshirish, shuningdek, amaliyotga maktabgacha ta’lim va bolalarni tarbiyalashning muqobil vositalarini joriy etish.

Zamonaviy texnologiyalar va metodlar yordamida rahbarlar va pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash, shuningdek, bolalarga g‘amxo‘rlik qilish uchun munosib sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.

Barcha davlat MTMlari, idoraviy tegishliligidan qat’iy nazar, vazirlik tizimiga o‘tkaziladi. Bolalarning maktabgacha ta’lim tizimi bilan to‘la qamrab olinishiga mintaqalarda 50, 70, 100, 120 va 150 o‘rinli qo‘shimcha davlat va nodavlat MTMlarining yaratilishi, shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimining muqobil metodlarini joriy etish hisobidan erishilishi ko‘zda tutilmoqda.

MTM xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Respublika o‘quv-metodik markazi negizida MTM rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tashkil etiladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (30-09-2017, 20:58)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют