» » Qirg‘izistonlik deputat hokimiyatni qo‘lga olishga urinishda ayblanmoqda

Qirg‘izistonlik deputat hokimiyatni qo‘lga olishga urinishda ayblanmoqda


Qirg‘iziston bosh prokuraturasi parlament deputati Qanatbek Isayevga qarshi jinoiy ish ochdi. U prezident saylovida nomzod O‘murbek Babanov mag‘lub bo‘lgan taqdirda hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallashga tayyorlanganlikda ayblanmoqda, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Amaldagi prezident Almazbek Atambayevning vakolat muddati 1-dekabr kuni tamom bo‘ladi. Konstitutsiyaga muvofiq, u yana prezidentlikka nomzodini ko‘rsata olmaydi. Saylov 15-oktabrga mo‘ljallangan.

Prezidentlik poygasida 12 rasman ro‘yxatga olingan nomzod va yana 59 da’vogar ishtirok etmoqda.

Sobiq bosh vazir O‘murbek Babanov prezidentning siyosiy kuchi hisoblanmish Qirg‘iziston sotsial-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod — Sooronbay Jeenbekovning asosiy raqiblaridan hisoblanmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (30-09-2017, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют