» » Odil Ahmedov va “Shanxay SIPG”ga murabbiylik qilayotgan Villash-Boash mavsum oxirigacha chetlatildi

Odil Ahmedov va “Shanxay SIPG”ga murabbiylik qilayotgan Villash-Boash mavsum oxirigacha chetlatildi


Xitoyning “Shanxay SIPG” futbol klubida faoliyat olib borayotgan portugaliyalik mutaxassis Andre Villash-Boash 8 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.

Villash-Boash bu bilan mavsum yakuniga qadar zaxira o‘rindig‘ida o‘tira olmaydi, deb yozdi “Championat.asia” nashri. Boisi Xitoy Super Ligasida mavsum yakuniga 4 ta tur qoldi. Murabbiy kelasi mavsumda ham Shanxayda qoladigan bo‘lsa, yangi chempionatning yana 4 ta o‘yinini ham muxlislar qatorida kuzatishga majbur bo‘ladi.

Sababi Villash-Boash “Beydzin Guoan”ga qarshi o‘yinda hakam bilan tortishgan. Vaziyatni o‘rganib chiqqan Xitoy Futbol Federatsiyasi 8 ta o‘yinlik jazoni joiz deb bilgan.

“Shanxay SIPG” 26-turdan keyin Luis Felipe Skolari boshchilik qilayotgan “Guanjou Evergrand” klubidan 4 ochko ortda qolmoqda. Villash-Boash shogirdlari bu raqibni Osiyo Chempionlar Ligasining chorak finalida qoldirib ketishga muvaffaq bo‘lgan va yarim finalga qadar yetib kelgandi. Shanxay klubi portugaliyalik murabbiy tashrifiga qadar qit’a chempionatida bu qadar katta yutuqqa erisha olmagandi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-10-2017, 05:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют