» » Kataloniyadagi saylov uchastkasida yuz bergan otishma oqibatida to‘rt kishi yaralandi

Kataloniyadagi saylov uchastkasida yuz bergan otishma oqibatida to‘rt kishi yaralandi


Kataloniyadagi saylov uchastkalaridan birida yuz bergan otishma oqibatida kamida to‘rt kishi jabrlandi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

La Vanguardia nashri ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa Manleu shahridagi saylov uchastkalaridan biri joylashgan maktabda yuz bergan.

Hujum qilgan shaxs pnevmatik quroldan sharchalar otib, otishma keltirib chiqargan. Oqibatda to‘rt kishi ko‘kragi va bo‘ynidan yaralangan.

Jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Yaralanganlarning uch nafari Referendumni himoya qilish qo‘mitasi a’zolaridir. Ular politsiyaga shikoyat qilgan.

Manleu shahri meri — referendum tarafdori Aleks Garrido Serra mazkur hodisani “fashistik hujum” deb atab, demokratiyani tinch yo‘l bilan himoya qilishga chorladi.

Kataloniya hukumati rejasiga ko‘ra, referendum 1-oktabr, yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan 9:00 da (Toshkent vaqti bilan 12:00 da) boshlanishi kerak. Saylov uchastkalari 20:00 gacha ochiq bo‘ladi. Biroq Ispaniya hukumati hech qanday ovoz berish bo‘lmasligi, referendum “davlat tomonidan bekor qilingani”ni ta’kidlamoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-10-2017, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют