» » Italiya Shimoliy Koreya elchisini mamlakatdan chiqarib yuboradi

Italiya Shimoliy Koreya elchisini mamlakatdan chiqarib yuboradi


Italiya tashqi ishlar vaziri Anjelino Alfano La Repubblica gazetasiga bergan intervyusida mamlakat hukumati KXDR elchisini chiqarib yuborish haqida qaror qabul qilganini ma’lum qildi.

“Biz jiddiy qaror qabul qildik — Shimoliy Koreya elchiining akkreditatsiya jarayonini to‘xtatib qo‘yamiz. U Italiyani tark etishi kerak bo‘ladi”, — deya Alfanoning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda “Kommersant”.

Sentabr oyida Shimoliy Koreya o‘z tarixidagi eng kuchli yadroviy sinovlardan birini o‘tkazib, navbatdagi mintaqaviy inqirozni keltirib chiqardi.

AQSh prezidenti Donald Tramp 20-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasida qilgan chiqishi chog‘ida Pxenyandan raketa parvozlarini bir tomonlama tartibda to‘xtatishni talab qilgan edi. Aks holda, Tramp Shimoliy Koreya AQSh tomonidan “to‘liq yo‘q qilinishi” bilan tahdid etgan edi.

KXDRning harbiy sinovlari boshqa mamlakatlar tomonidan ham qoralanmoqda, biroq Shimoliy Koreya rahbariyati bu sinovlarni to‘xtatishga va tinchlik muzokaralarini boshlashga shoshilmayapti.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-10-2017, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют