» » Kataloniya mustaqilligi referendumida ovoz berish boshlandi

Kataloniya mustaqilligi referendumida ovoz berish boshlandi


Kataloniyada hududning Ispaniyadan mustaqilligi masalasida referendum boshlandi. Ovoz berish jarayoni mahalliy vaqt bilan 20:00 gacha (Toshkent vaqti bilan 23:00 gacha) davom etadi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.

Muxtor viloyat rahbariyati fuqarolarga istalgan saylov uchastkasida ovoz berishga ruxsat etdi. Ovoz berish jarayonini kuzatib borish uchun maxsus mobil dastur ishlab chiqilgan.

Ispaniya hukumatiga bo‘ysunuvchi politsiya kuchlari 1-oktabrga o‘tar kechasi referendum bo‘yicha ovoz berish uchastkalari joylashishi lozim bo‘lgan aksariyat binolarni yopib qo‘ygandi.

Kecha huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari targ‘ibot materiallari va saylov byulletenlarini musodara qilgan, yashirib qo‘yilgan saylov urnalarini qidirgan, shuningdek, mustaqillikni qo‘llab-quvvatlab targ‘ibot olib boruvchi saytlarni bloklagan edi.

Ispaniya Konstitutsiyaviy sudi 20-sentabr kuni mazkur plebissitning o‘tkazilishini taqiqlagan edi. Ispaniya hukumati bu referendum bekor qilib bo‘lingan, deb hisoblamoqda. Ularning fikricha, mazkur ovoz berish jarayoni “qonunga zid” va “hech qanday xalqaro ko‘makka ega bo‘lmaydi”.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-10-2017, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют