» » AQSh Shimoliy Koreya muzokaralarni istamasligidan nolidi

AQSh Shimoliy Koreya muzokaralarni istamasligidan nolidi


Shimoliy Koreya diplomatlari amerikalik hamkasblari bilan muzokaralar olib borish istagi va bunga tayyorlikni namoyish etmadi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Xizer Nauert ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.

“Shimoliy Koreya mansabdorlari yadro quroli bo‘yicha muzokaralarga qiziqish bildirgani yoki bunga tayyor ekanligi alomatlarini namoyish etmadi. Vashington amaldagi tuzumni ag‘darish yoki almashtirishdan manfaatdor emasligiga ishontirilganiga qaramay, bunga KXDR tomonidan javob bo‘lmadi”, — ta’kidladi Nauert.

Davlat departamenti rasmiy vakiliga ko‘ra, AQSh va KXDR diplomatlari o‘rtasida aloqaning to‘g‘ridan to‘g‘ri kanallari ochiq va ular orqali muloqotni boshlash mumkin edi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-10-2017, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют