» » Issiqko‘lda 23 yoshli qiz Mercedes’da tez tibbiy yordam mashinasiga kelib urildi, 4 kishi halok bo‘ldi

Issiqko‘lda 23 yoshli qiz Mercedes’da tez tibbiy yordam mashinasiga kelib urildi, 4 kishi halok bo‘ldi


Qirg‘izistonda, Issiqko‘l qirg‘og‘ida tez tibbiy yordam mashinasi avvariyaga uchradi, 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati vakili Yelena Bayalinova ma’lum qildi, deya xabar berdi “RIA Novosti”.

“Issiqko‘l viloyati sog‘liqni saqlash muvofiqlashtiruvchisi Esenbek Satilkanovning aytishicha, tez tibbiy yordam stansiyaga chaqiriq 1-oktabr, yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan 04:30 da kelib tushdi. Mashina kasalxonaga yo‘l olganida unga boshqa avtomobil kelib urildi”, — xabar berdi Yelena Bayalinova.

YTH oqibatida homilador ayol, tez tibbiy yordam mashinasi haydovchisi va feldsher halok bo‘ldi. Yana bir ayol kasalxonada olamdan o‘tdi.

Vazirlikning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, tez tibbiy yordam mashinasi bilan to‘qnashuvni Mercedes avtomobilini boshqargan 1994-yilda tug‘ilgan qiz amalga oshirdi.
.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-10-2017, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют