» » O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov BAA FA prezidenti Al-Junaybiy bilan memorandum imzoladi

O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov BAA FA prezidenti Al-Junaybiy bilan memorandum imzoladi


O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov o‘zining ikkinchi rasmiy tashrifida BAAga yo‘l oldi va mamlakat Futbol Assotsiatsiyasi prezidenti Abdulla Nosir Al-Junaybiy bilan memorandum imzoladi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.

Memorandumga ko‘ra, har ikki tomon futbolning turli jabhalarida do‘stlik aloqalarida bo‘ladi va hamkorlikda faoliyat olib boradi. Bunda ikki tomon mutaxassislari va turli yoshdagi futbolchilari o‘zaro malaka almashishi ko‘zda tutilgan.

2018 va 2019-yilgi klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionati aynan Amirliklarda bo‘lib o‘tadi. Umid Ahmadjonov mazkur musobaqada O‘FF xodimlari ham tashkiliy masalalarda ishlashi borasida kelishdi. Bu o‘zbekistonlik yosh mutaxassislarga bo‘lajak yirik musobaqalar mezbonligi oldidan maktab vazifasini o‘tab beradi. Shuningdek, 2019-yil BAAda o‘tadigan Osiyo Kubogida ham o‘zbekistonlik mutaxassislar tashkiliy masalalarda BAAga ko‘mak beradi.

O‘FFda xalqaro tajribaga ega mutaxassislar bor. Ammo biz endi OFK va FIFA tasnifidagi katta musobaqalarni O‘zbekistonga olib kelmoqchimiz. Demak, bunda tajriba almashish birlamchi vazifa hisoblanadi.

Umid Ahmadjonov, O‘FF prezidenti

Kelishuvga ko‘ra, Amirlik chempionatida o‘zbekistonlik futbol hakamlari, O‘zbekiston chempionatining ayrim o‘yinlarida esa BAAdan kelgan hakamlarning ishlab turishi odatga aylanadigan bo‘ldi.

Bungacha O‘FF prezidenti rasmiy tashrif bilan FIFA qarorgohida bo‘lib, tashkilot prezidenti Janni Infantino bilan bir qator masalalar yuzasidan kelishuv imzolagandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-10-2017, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют