» » “Barselona”ning “Las-Palmas”ga qarshi o‘yini Kataloniyadagi to‘qnashuvlar sabab qoldirildi

“Barselona”ning “Las-Palmas”ga qarshi o‘yini Kataloniyadagi to‘qnashuvlar sabab qoldirildi


Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionati navbatdagi turidan o‘rin olgan “Barselona” va “Las-Palmas” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin qoldirildi. Meduza’ning xabar berishicha, bu haqdagi qaror Kataloniya mustaqilligi tarafdorlari va politsiya o‘rtasidagi to‘qnashuvlardan kelib chiqib qabul qilingan.

“Las-Palmas” futbolchilari o‘yinga Ispaniya bayrog‘i yopishtirilgan liboslarda chiqmoqchi edi. Jamoa futbolchilari shu yo‘l bilan mamlakat yaxlitligi tarafdori ekanliklarini bildirmoqchi edi.

COMUNICADO OFICIAL
https://t.co/okzQAcyTj7 pic.twitter.com/5nt9GpjnwX

— UD Las Palmas (@UDLP_Oficial) October 1, 2017

Kataloniyada 1-oktabr kuni mustaqillik referendumi o‘tkazilmoqda, Ispaniya hukumati uning qonuniyligini tan olmadi. Ispaniya politsiya ovoz berish uchastkalarining bir qismini yopdi, reydlar davomida byulletenlar uchun mo‘ljallangan urnalarni olib qo‘ydi.

Ovoz berish uchastkalari yaqinida to‘qnashuvlar boshlandi. Kataloniya hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, to‘qnashuvlar oqibatida 330 dan ziyod odam jabrlangan. Ispaniya hukumati 11 nafar politsiyachi jarohat olganini ma’lum qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-10-2017, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют