» » Kanadada politsiya ofitseriga uyushtirilgan hujum va avtomobilning piyodalar ustiga haydalishi terakt deb baholandi

Kanadada politsiya ofitseriga uyushtirilgan hujum va avtomobilning piyodalar ustiga haydalishi terakt deb baholandi


Kanadaning Edmonton shahrida erkak kishi qasddan avtomobilni bir guruh piyodalar ustiga haydab borgan va politsiya ofitseriga pichoq bilan hujum qilgan. Hodisa terakt sifatida baholanmoqda. Bu haqda CBC News telekanaliga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Hodisa oqibatida besh kishi jabrlangan. Ta’kidlanishicha, hujumga uchragan politsiyachi jiddiy jarohat olmagan. Boshqa jabrlanganlarning ahvoli haqida xabar berilmagan.

Politsiyaning ma’lum qilishicha, hujum qilgan erkak yakka o‘zi harakat qilgan. Politsiya tekshirish jarayonida hodisaga boshqa shaxslarning ham aloqadorligini o‘rganishni ko‘zlamoqda.

Ta’kidlanishicha, gumonlanayotgan shaxsning transport vositasidan IShID terrorchilik guruhining bayrog‘i topilgan.

Xabar berilishicha, gumonlanuvchi dastlab politsiyachiga hujum qilgan, keyin esa hodisa joyidan yashiringan. Biroz vaqtdan so‘ng u hujjatlarni odatiy tekshirish jarayonida aniqlangan.

Erkak qochishga harakat qilgan, biroq qo‘lga olingan. Politsiyachilardan qochishga urinish vaqtida u avtomobilni piyodalar ustiga haydagan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-10-2017, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют