» » Toshkent IIBB: Nurullo Otaxonovga nisbatan terrorizmga aloqadorlik gumoni tasdiqlanmadi. Ammo surishtiruv ishlari davom etadi

Toshkent IIBB: Nurullo Otaxonovga nisbatan terrorizmga aloqadorlik gumoni tasdiqlanmadi. Ammo surishtiruv ishlari davom etadi


27-sentabr kuni Toshkent aeroportida qo‘lga olingan yozuvchi Nurullo Otaxonov (Nurulloh Muhammad Raufxon)ning terrorizmga aloqadorigi to‘g‘risidagi gumon tasdiqlanmadi, shuningdek, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi bekor qilindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev “Kun.uz” nashriga ma’lum qildi.

Ammo, Doniyor Toshxo‘jayevning qo‘shimcha qilishicha, Nurullo Otaxonovga nisbatan nisbatan 2017-yil 11-may kuni Yashnobod tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 159-moddasi 1-qismi (“O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish”) hamda 244-1 moddasi, 3-qismi, “g” bandi (“Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish, ommaviy axborot vositalari yoki telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek, internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib sodir etish”) alomatlari bo‘yicha dastlabki surishtiruv ishlari davom etadi.

Mavzuga doir: 86 mln so‘mgacha jarima yoki 8 yilgacha mahkumlik. Yozuvchi Nurulloh Muhammad Raufxonga nisbatan qaysi moddalar bo‘yicha ayblov e’lon qilingan?

Avvalroq Nurullo Otaxonov 1-oktabr kuni hibsdan ozod etilgani haqida xabar berilgan edi. Yozuvchining o‘g‘li Fayzulloxon Otaxonovning Facebook’da ma’lum qilishicha, Nurullo Otaxonovni “Yashnobod tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘zining xizmat mashinasida eshigimiz tagiga qo‘yib ketgan”.

Mavzuga doir: Toshkent aeroportida qo‘lga olingan yozuvchi Nurullo Otaxonov hibsdan ozod etildi

Avvalroq Toshkent shahar IIBB Nurullo Otaxonovga nisbatan qidiruv 11 may kuni e’lon qilingani, shu sababli u 27-sentabr kuni, Toshkent qo‘nishi bilan qo‘lga olingani haqida axborot bergan edi. Nurullo Otaxonov so‘nggi ikki yildan beri Turkiyada yashab kelayotgan edi.

Mavzuga doir: IIBB: Yozuvchi Nurulloh Muhammad Raufxon qidiruvda bo‘lgani uchun 27-sentabr kuni Toshkentga qo‘nishi bilan qo‘lga olindi

Nurullo Otaxonov Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi Oyimcha Qaqir qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning o‘zbek filologiyasi bo‘limini tamomlagan. “Yo‘l boshida”, “Dunyo keng”, “Shu yerlik kishi” kabi qissa va hikoyalar to‘plamlari e’lon qilingan. Uning sevgi mavzusidagi “Oq bino oqshomlari” hikoyasi “Sharq yulduzi” jurnalida chop etilgach, “Yilning eng yaxshi hikoyasi” deb topilgan.

Ushbu hikoya asosida “Oq bino oqshomlari” badiiy filmi suratga olingan. Yozuvchi turk, gruzin, xitoy va rus adabiyotidan bir qator asarlar tarjima qilgan. ?zuvchi keyingi 25 yil mobaynida “Yoshlik” (bo‘lim mudiri), “Mushtum” (mas’ul kotib), “Sharq yulduzi” (bo‘lim mudiri), “Hidoyat” (bosh muharrir) kabi turli jurnallarda hamda “Movarounnahr” nashriyotida (bosh direktor) ishlagan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (1-10-2017, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют