» » Yaponiya bosh vaziri “gapiruvchi” robot-traktorlar fermerlarning o‘rnini egallashi mumkinligini ma’lum qildi

Yaponiya bosh vaziri “gapiruvchi” robot-traktorlar fermerlarning o‘rnini egallashi mumkinligini ma’lum qildi


Robot-traktorlar har qanday ob-havo va kunning har qanday vaqtida ishlagan holda qishloq aholisining qarishi bilan bog‘liq muammolarni yechishga yordam berishi mumkin. Bu haqda Kiotoda bo‘lib o‘tgan “Jamiyatda fan va texnologiya” an’anaviy forumida Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Robototexnika yordamida erishish mumkin bo‘lgan muvaffaqiyatlar haqida gapirgan bosh vazir 2017-yilning avgust oyida Hokkaydo orolida foydalanishga topshirilgan va “bir-biri bilan gaplasha oladigan” to‘rtta traktorni misol qilib keltirdi.

Sindzo Abening so‘zlariga ko‘ra, to‘liq avtomatlashgan va o‘zi harakatlanuvchi traktorlarga kelajakda GPS navigatsiya tizimi o‘rnatiladi va ular kunning har qanday vaqtida va har qanday havoda, hatto uning egasi uxlayotgan vaqtda ham ishlay oladi.

“Endi fermerlarning qarishidan xavotir olmasa ham bo‘ladi”, — deb ta’kidlagan bash vazir.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-10-2017, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют