» » Toshkentda bir ayolning ochiq qolgan mashinasini olib qochgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkentda bir ayolning ochiq qolgan mashinasini olib qochgan shaxs qo‘lga olindi


27-sentabr kuni soat taxminan 17:20 da fuqaro Muzaffar Ne’matov Yashnobod tumani hududida bir ayolga tegishli “Lada-2172” avtomashinasini olib qochgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Boku ko‘chasida joylashgan do‘konning yonida eshiklari ochiq holda, qarovsiz qoldirilgan va kaliti o‘t oldirish joyida turganidan foydalanib, Muzaffar Ne’matov avtomashinani olib qochgan.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIB tomonidan Jinoyat Kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-10-2017, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют