» » Parvoz vaqtida Air France’ga tegishli A380 samolyotining dvigatel qoplamasi uzilib ketdi

Parvoz vaqtida Air France’ga tegishli A380 samolyotining dvigatel qoplamasi uzilib ketdi


Air France aviakompaniyasining Parijdan Los-Anjelesga uchayotgan A380 samolyoti dvigatellaridan birining qoplamasi uzilib tushdi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Yo‘lovchilarning aytishicha, samolyot Grenlandiya osmonida bo‘lgan vaqtda ular baland ovozdagi tovushni eshitgan va keyin salonda kuchli tebranishni sezgan.

Yo‘lovchilarning fikricha, samolyot dvigateliga qush kirib ketgan bo‘lishi mumkin. Bunday fikr rasman tasdiqlanmagan.

A380 ekipaji yo‘nalishni o‘zgartirgan va Kanadadagi Guz-Bey aeroportiga qo‘ngan. Bu aeroport Kanada harbiy-havo kuchlariga tegishli, biroq undan Atlantika ustidan parvoz qilayotgan samolyotlarning favqulodda qo‘nishida foydalaniladi.

A380 ning bortida 496 nafar yo‘lovchi va 24 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Hodisa natijasida ulardan hech biri jabrlanmagan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-10-2017, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 113) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют