» » Ispaniya bosh vaziri Kataloniyadagi referendum muvaffaqiyatsizlikka uchraganini aytdi

Ispaniya bosh vaziri Kataloniyadagi referendum muvaffaqiyatsizlikka uchraganini aytdi


Kataloniya mustaqilligi haqida referendum o‘tkazishga urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bu haqda Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy aytib o‘tdi, deb yozadi Meduza.

Kataloniyaliklarning ko‘pchiligi, dedi Raxoy, ovoz berishga e’tibor qaratmadi va “ular munosib fuqarolar ekanligini tasdiqladi”. “Ular ushbu referendum noqonuniy va konstitutsiyaga zid ekanligini bilgan”, — dedi bosh vazir.

Raxoy ta’kidlashicha, hukumat fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun barcha imkoniyatlarini ishga solgan va u, hukumat rahbari sifatida, buning uchun qabul qilingan qarorlar uchun barcha javobgarlikni o‘z bo‘yniga oladi.

Shu bilan birga, bosh vazir muxtoriyat hukumati bilan “qonun doirasida va demokratiyaga hurmat saqlagan holda” muzokaralarni davom ettirish mumkin deb hisoblashini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, Kataloniya hukumatining rasmiy vakili Jordi Turul Barselonadagi matbuot anjumanida referendum ishtirokchilarining 90 foizi Ispaniyadan ajralib chiqish uchun ovoz berganini ma’lum qildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-10-2017, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют