» » Kataloniya prezidenti: biz mustaqil davlat bo‘lish huquqini qo‘lga kiritdik

Kataloniya prezidenti: biz mustaqil davlat bo‘lish huquqini qo‘lga kiritdik


Kataloniya prezidenti Karles Puchdemon referendum natijasida hudud respublika shaklida tuzilgan mustaqil davlat bo‘lish huquqini qo‘lga kiritganini e’lon qildi, deb yozadi Meduza.

Puchdemonning so‘zlariga ko‘ra, referendum kataloniyaliklar tinchlik sharoitida va saylovni tarqatish uchun qo‘pol kuch ishlatuvchi davlatdan tashqarida yashashni istashini ko‘rsatib berdi.

Kataloniya prezidenti fikricha, Ispaniya hukumati kataloniyaliklarga nisbatan repressiyaga tayyor ekanligini namoyish qilgan. “Biz — Yevropa aholisimiz”, — deya ta’kidladi Kataloniya muxtoriyati prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, Kataloniya hukumatining rasmiy vakili Jordi Turul Barselonadagi matbuot anjumanida referendum ishtirokchilarining 90 foizi Ispaniyadan ajralib chiqish uchun ovoz berganini ma’lum qildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (2-10-2017, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 62) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют