» » Assanj Kataloniyadagi referendumda 700 mingta to‘ldirilgan byulleten musodara qilinganini aytdi

Assanj Kataloniyadagi referendumda 700 mingta to‘ldirilgan byulleten musodara qilinganini aytdi


Wikileaks asoschisi Julian Assanj Kataloniyadagi mustaqillik haqidagi referendum chog‘ida Ispaniya huquq-tartibot organlari 700 mingga yaqin to‘ldirilgan saylov varaqalarini musodara qilganini aytdi, deb yozadi “Kommersant”.

“700 mingga yaqin to‘ldirilgan byulletenlar Ispaniya kuchlari tomonidan musodara qilindi va ovoz berish natijalariga kiritilmadi”, — deb yozdi Assanj Twitter’dagi sahifasida.

Avvalroq Julian Assanj Kataloniya mustaqilligi haqidagi referendum atrofidagi nizolarni izohlagan va ularni “birinchi internet-urush” deb atagan edi.

Eslatib o‘tamiz, Kataloniya hukumatining rasmiy vakili Jordi Turul Barselonadagi matbuot anjumanida referendum ishtirokchilarining 90 foizi Ispaniyadan ajralib chiqish uchun ovoz berganini ma’lum qildi.

Some 700,000 completed ballots were seized by Spanish forces and not included in the count.

— Julian Assange ? (@JulianAssange) October 1, 2017

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (2-10-2017, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют