» » O‘zbekistonda mahkumlarni afv etish haqidagi materiallarni tayyorlash bo‘yicha maxsus komissiya tuziladi

O‘zbekistonda mahkumlarni afv etish haqidagi materiallarni tayyorlash bo‘yicha maxsus komissiya tuziladi


O‘zbekiston Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi munosabati bilan jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan mahkumlarni afv etish haqidagi materiallarni tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoyish imzoladi.

Hujjatga muvofiq, jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan mahkumlarni afv etish haqidagi materiallarni tayyorlash bo‘yicha maxsus komissiya hamda jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan mahkumlar shaxsini va ularga oid materiallarni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etiladi.

Maxsus komissiya:

jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan mahkumlar shaxsini va ularga oid materiallarni joylarda ishchi guruhlar tomonidan sinchkovlik bilan, shu jumladan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazish yo‘li bilan o‘rganilishini tashkil qiladi;

amalga oshirilgan ishlar natijasi bo‘yicha 2017-yil 10-noyabrga qadar Prezident huzuridagi afv etish masalalari bo‘yicha komissiyaga ko‘rib chiqish uchun tegishli takliflar va materiallarni, shu jumladan, mahkumlarni afv etish haqidagi iltimosnomalarni taqdim etadi.

Ishchi guruhlar esa Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining muassasalariga borib, mahkumlarga oid shaxsiy jildlarni, materiallarni va ularning shaxsini sinchkovlik bilan, shu jumladan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazish orqali o‘rganib, tegishli taklif va materiallarni maxsus komissiyaga taqdim etadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (2-10-2017, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют