» » OAV: Tramp Shimoliy Koreyaga bosimni kuchaytirish haqidagi direktivani imzoladi

OAV: Tramp Shimoliy Koreyaga bosimni kuchaytirish haqidagi direktivani imzoladi


AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreyaga bosimni kuchaytirish haqidagi direktivani imzoladi. Unda Milliy qurolli kuchlar kiberqo‘mondonligidan foydlanish ham ko‘zda tutilgan, deya xabar beradi “Kommersant”.

Hujjat mart oyida Vashington tomonidan Pxenyanga nisbatan siyosat qayta ko‘rib chiqilganidan so‘ng imzolangan, biroq shu paytgacha bu haqda ma’lum qilinmagandi.

The Washington Post nashriga ko‘ra, Tramp Pentagon xakerlariga KXDR razvedkasiga qarshi kiberkenglikda operatsiyalar boshlashga ruxsat berdi. Shu sababli Shimoliy Koreya xakerlari ma’lum vaqt internetdan foydalanish imkonidan mahrum bo‘ldi.

Shuningdek, AQSh moliya vazirligiga KXDR jismoniy va yuridik shaxslari, ular bilan hamkorlik qilayotgan xorijliklarga nisbatan bir tomonlama sanksiyalarni kuchaytirish topshirilgan.

AQSh diplomatlari va boshqa mansabdor shaxslar chet ellik hamkasblari bilan muloqotlari davomida Pxenyan bilan barcha aloqalarni uzishga da’vat qilishlari lozimligi haqida ko‘rsatma oldi.

Eslatib o‘tamiz, Tramp AQSh Davlat kotibi Reks Tillersonga KXDR bilan muzokaralarga behuda vaqt sarflamaslikni maslahat bergandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-10-2017, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют