» » Iroq harbiylari IShIDga qarshi operatsiyalar davomida 30 ga yaqin qishloqni ozod etdi

Iroq harbiylari IShIDga qarshi operatsiyalar davomida 30 ga yaqin qishloqni ozod etdi


Iroq harbiylari IShID terrorchilik tashkilotining asosiy “qal’a”si bo‘lib kelayotgan Al-Xavija shahri yaqinida joylashgan 30 ga yaqin qishloqni ozod etdi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy sentabr oyining oxirida Kirkuk viloyatidagi Al-Xavija shahrini ozod etish maqsadida operatsiyalar boshlanganini ma’lum qilgandi.

Xabar qilinishicha, qishloqlarni ozod etishda federal politsiyaning harbiylashgan qismlari, shuningdek, xalq politsiyasi ishtirok etgan. Harbiylarning ma’lum qilishicha, Al-Xavija shahri tomon harakatlar davom etmoqda.

Mamlakat armiyasi joriy yilning iyulida Mosulni egallaganidan so‘ng, Al-Xavija IShIDning asosiy “shtabi”ga aylangan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-10-2017, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют