» » Qirg‘iziston bosh vazirining xotini to‘rtinchi qizini dunyoga keltirdi

Qirg‘iziston bosh vazirining xotini to‘rtinchi qizini dunyoga keltirdi


Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isakov to‘rtinchi bor ota bo‘ldi. Uning turmush o‘rtog‘i Malika Arstanbekova qiz farzandni dunyoga keltirdi. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi vakiliga asoslanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Isakovning yosh 40 da. Avgust oyi oxirida sobiq bosh vazir Sooronbay Jeenbekov prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun lavozimini tark etgani sabab Qirg‘iziston parlamenti o‘zining navbatdan tashqari sessiyasida Isakovning nomzodini qo‘llab-quvvatlagan edi. Hukumat matbuot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, Isakov 1991-yildan buyon Qirg‘izistondan Rossiyaga rasmiy tashrif uyushtirgan birinchi bosh vazir ham hisoblanadi. Bunga qadar barcha tashriflar ish yuzasidan amalga oshirilgan.

“Ha, ular qiz farzandli bo‘lishdi. Bu yakshanba kuni sodir bo‘ldi”, — deydi agentlik suhbatdoshi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, bu qirg‘iz bosh vazirining oilasidagi to‘rtinchi qiz. U Bishkekdagi tug‘ruqxonalardan birida dunyoga keldi.

Sapar Isakovning turmush o‘rtog‘i mutaxassisligi bo‘yicha psixolog bo‘lib, uning yoshi 36 da.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (2-10-2017, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют