» » Las-Vegasdagi otishma qurbonlari soni 50 kishiga yetdi. 200 kishi yaralangan

Las-Vegasdagi otishma qurbonlari soni 50 kishiga yetdi. 200 kishi yaralangan


So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Las-Vegasdagi kantri-festival qatnashchilariga qarata uyushtirilgan ochiq otishma oqibatida 50 dan ziyod odam halok bo‘lgan, 200 dan ko‘prog‘i yaralangan. Bu haqda shahar politsiyasi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Meduza.

Otishmani keltirib chiqargan o‘qotar — 62 yoshli Stiven Peddok politsiya maxsus kuchlari tomonidan otib o‘ldirilgan. O‘qotar nima sababdan bunday qilgani noma’lum.

Xabar berishlaricha, kantri-festival ishtirokchilariga qarata “Mandalay Bey” mehmonxonasidan turib o‘q yog‘dirilgan. Otishma avtomatik quroldan olib borilgan. Politsiya maxsus xizmati mehmonxona xonasiga bostirib kirib, o‘qotarni o‘ldirgan.

O‘qotarning dugonasi qidiruvga berilgan. Ayni vaqtda politsiya uni o‘qotarning sherigi deb hisoblamayapti, faqat uning yordamida ba’zi savollarga javob topmoqchi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (2-10-2017, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют