» » Prezident tashrif buyurgan shifoxona yangi binoda ish boshladi

Prezident tashrif buyurgan shifoxona yangi binoda ish boshladi


Toshkentning Yashnobod tumanidagi 32-oilaviy poliklinika yangi binoda faoliyatini boshladi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

May oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumaniga tashrifi chog‘ida rejalashtirilmagan holda poliklinikaga tashrif buyurib, tibbiyot muassasasining og‘ir ahvolda ekaniga guvoh bo‘lgan edi. U binoni ta’mirdan chiqarib, aholiga xizmat ko‘rsatish sharoitlarini tubdan qayta ko‘rib chiqishni topshirdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligida shifoxona faoliyatini tubdan yaxshilash bo‘yicha kompleks dastur ishlab chiqildi. U milliy va xorijiy tajribalar, shuningdek aholi taklif va mulohazalari hisobga olingan holda tayyorlandi. Asosiy urg‘u tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish, navbatlarni qisqartirish, kasalliklarni barvaqt aniqlash va patronaj ishlarini maqsadli amalga oshirish, shuningdek tez tibbiy yordam xizmatini tashkil etishga qaratildi.

Kasalxonada shifokor qabuliga kirish uchun elektron navbat tizimi yo‘lga qo‘yildi, shifokorlarning har biri kompyuter bilan ta’minlandi. Muassasa zamonaviy uskunalar, jumladan UZI, EKG va raqamli rentgen-apparat bilan ta’minlandi. Biokimyoviy tahlillar ham endilikda poliklinikaning o‘zida amalga oshirilmoqda.

Oilaviy poliklinika 27,3 ming fuqaro istiqomat qiluvchi hududga xizmat ko‘rsatmoqda. Bu yerda terapevt, pediatr, ginekolog, nevropatolog, okulist, otolaringolog, stomatolog, jarroh, infeksionist, immunolog hamda 26 nafar patronaj hamshira faoliyat ko‘rsatmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatdagi barcha oilaviy poliklinikalar kelgusida xuddi shunday namunada qaytadan bunyod etiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-10-2017, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют