» » Dubayda noyabrda dunyodagi eng katta fotoramka ochiladi

Dubayda noyabrda dunyodagi eng katta fotoramka ochiladi


Dubayda kelgusi oyda dunyodagi eng katta fotoramka ochiladi. Bu haqda amirlik munitsipaliteti ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”. 

Qiymati 43,6 million dollar bo‘lgan va 2013-yilda boshlangan loyiha 2015-yilda yakuniga yetishi lozim edi, biroq zarur materiallar yetishmovchiligi tufayli qoldirildi. 

Ramka balandligi 150, eni 93 metrdan iborat. Inshoot Zabeel Park bog‘ida joylashgan va shakli foto yoki kartina romini eslatadi. Uning birinchi qavatida muzey va ko‘rgazmalar zali joylashgan. Panoramali lift yordamida ikkinchi qavatga ko‘tarilish va shahar manzalarini tomosha qilish mumkin. 

Barcha qurilish ishlarini shu oy oxirigacha yakunlash ko‘zda tutilgan. Noyabrdan boshlab binoga tashrif buyuruvchilar qo‘yiladi. 

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-10-2017, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют