» » AQSh tarixidagi eng yirik ommaviy qotillik. Las-Vegasda pensioner betartib otishma uyushtirib, kamida 50 odamni o‘ldirdi

AQSh tarixidagi eng yirik ommaviy qotillik. Las-Vegasda pensioner betartib otishma uyushtirib, kamida 50 odamni o‘ldirdi


Yakka o‘qotar 1-oktabr oqshomida Las-Vegasdagi kantri-festival qatnashchilariga qarata o‘t ochdi. Jinoyatchi “Mandalay Bey” mehmonxonasining 32-qavatidagi xonada bo‘lgan va oynadan turib o‘t ochgan. Uning aynan nima bilan qurollangani hozircha rasman e’lon qilingani yo‘q, biroq, guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, bu avtomatik qurol edi.

Erkak mehmonxonadan bir necha yuz metr naridagi Las-Vegas-Stripda bo‘layotgan Route 91 Harvest kantri-festivaliga yig‘ilgan olomonni bir necha daqiqa davomida to‘xtovsiz o‘qqa tutgan. Las-Vegasning eng mashhur ko‘chalaridan birida tashkil etilgan festivalga 30 mingga yaqin kishi tashrif buyurgan edi. Dastlabki o‘q ovozlari eshitilganidan so‘ng vahima boshlandi; shuningdek, otishma Las-Vegas-Stripning turli tomonlaridan olib borilayotgani haqida ham xabarlar paydo bo‘ldi, biroq bu axborot tasdiqlanmadi.

HORRIFIC SCENE: Do not let this be called anything else but DOMESTIC TERRORISM. AP reports 2dead 13critical & dozens injured. #MandalayBay pic.twitter.com/q7faKkCPpN

— Eduardo Samaniego (@EduSamani) October 2, 2017

Kamida 50 kishi halok bo‘lgan, 200 dan ziyod odam turli darajada jarohat olgan. Bu AQSh tarixidagi eng yirik ommaviy qotillikdir. Avvaliga betartib otishma oqibatida faqat ikki kishi halok bo‘lgani aytildi, biroq ko‘p o‘tmay qurbonlar soni bir necha barobar ko‘pligi ma’lum bo‘ldi. Jinoyatchining o‘zi ham o‘ldirildi — uni mehmonxonasidagi xonasi eshiklarini buzib kirgan SWAT maxsus xizmati jangchilari otib tashladi. Halok bo‘lganlar orasida ikki politsiyachi ham bor — ular otishma vaqtida xizmatda emas, balki festivalga qo‘shiq eshitish uchun kelgan mehmonlar edi. Xizmatdagi politsiyachilardan ikki nafari yaralangan.

Otishma boshlangan vaqtda festival sahnasida kantri-xonanda Jeyson Eldin kuylayotgan edi. U ham, boshqa mashshoqlar ham jabrlangani yo‘q. Eldinning so‘zlariga ko‘ra, u guvohi bo‘lgan manzara “dahshatdan ham dahshatliroq” edi.

Jinoyatchining shaxsi aniqlangan. Otishma Las-Vegas chekkasida istiqomat qiluvchi oq tanli 64 yoshli erkak — Stiven Peddok tomonidan uyushtirilgan. U avvallari hech qachon politsiya e’tiboriga tushmagan; avtomatik qurol uning qo‘liga qayerdan tushib qolgani noma’lum.

Peddok “Mandalay Bey” mehmonxonasidan kelib chiqishi osiyolik bo‘lgan, hozirda Nevadada istiqomat qiluvchi ayol — 62 yoshli Marilu Denli bilan birga xona olgan. Ular qanday munosabatda bo‘lgani ma’lum qilinmayapti. Otishmadan bir necha soat o‘tib politsiya ayolni qidirib topdi. Bundan tashqari, Peddokka tegishli ikki avtomobil ham aniqlandi.

Marilou Danley is being sought for questioning re the investigation into the active shooter incident. If seen please call 9-1-1! pic.twitter.com/Z83XvcHejH

— LVMPD (@LVMPD) October 2, 2017

Yuz bergan hodisa sabablari noma’lum. Qotil hech qanday talablarni ilgari surmagan; uning terrorchilik yoki ekstremistik guruhlarga aloqadorligi borasida ham ma’lumotlar yo‘q. Ayni vaqtda politsiya uni yakka tartibda harakat qilgan qotil deb atamoqda va bu ommaviy qotillikning terrorizmga aloqadorligini rad etmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-10-2017, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют