» » Abdulaziz Komilov BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining din va e’tiqod erkinligi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisini qabul qildi

Abdulaziz Komilov BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining din va e’tiqod erkinligi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisini qabul qildi


2017-yilning 2-oktabr kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekistonga tashrif buyurgan BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining din va e’tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahidni qabul qildi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashtirilgan muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida batafsil so‘z yuritildi.

Uchrashuvda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi maxsus ma’ruzachisining mandatiga kiradigan mavzular bo‘yicha hamkorlik masalalariga asosiy e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning hozirda dolzarb muammolarni hal qilishga qaratilgan diniy sohadagi xalqaro tashabbuslari to‘g‘risida Ahmad Shahidga batafsil ma’lumot berildi.

Suhbatda o‘zaro tushunish tamoyillariga asoslangan konstruktiv muloqotni davom ettirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (2-10-2017, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют