» » Yevropa komissiyasi Kataloniyada o‘tkazilgan referendumni noqonuniy deb atadi

Yevropa komissiyasi Kataloniyada o‘tkazilgan referendumni noqonuniy deb atadi


Kataloniya mustaqilligi uchun 1-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan referendum noqonuniy edi. Bu haqda Yevropa komissiyasining rasmiy vakili Margaritis Sxinas Bryusselda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar berdi “TASS”.

“Ispaniya konstitutsiyasiga ko‘ra, kecha Kataloniyada bo‘lib o‘tgan ovoz berish jarayoni qonunga zid”, — dedi Yevropa komissiyasining rasmiy vakili.

Sxinasning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa komissiyasi bir necha bor “Kataloniyadagi vaziyat — Ispaniyaning ichki ishi ekanligini va u Ispaniya konstitutsiyasiga muvofiq hal etilishi lozim”ligini ta’kidlagan. “Shuningdek, biz Yevropa komissiyasining qonuniy pozitsiyasini tasdiqlaymiz: agarda referendum ispan konstitutsiyasiga muvofiq ravishda o‘tkazilganida hududni tark etayotgan mamlakat Yevropa Ittifoqini ham tark etgan bo‘lardi”, — deya qayd etdi Sxinas.

Shuningdek, Sxinasning ma’lum qilishicha, Yevropa komissiyasi rahbari Jan-Klod Yunker Kataloniyadagi vaziyatni 2-oktabr kuni Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy bilan muhokama qiladi.

Mavzuga doir: Kataloniyada bir tomonlama tartibda mustaqillikni e’lon qilish masalasi ko‘rib chiqiladi

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (2-10-2017, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют