» » O‘zbеkiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi “Vodil” va “Madaniyat” chegara postlari piyodalar uchun ochildi

O‘zbеkiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi “Vodil” va “Madaniyat” chegara postlari piyodalar uchun ochildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston rahbari Almazbek Atambayevning taklifiga binoan 5–6-sentabr kunlari qo‘shni davlatda bo‘lgandi. Tashrif doirasida ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va mamlakatlar chegaraoldi hududlari aloqalarini faollashtirish kabi masalalarda kelishuvlarga erishilgandi, deb eslatadi “O‘zbekiston 24”.

Kelishuvlarning amaliy ifodasi sifatida har ikki mamlakatni bog‘lab turuvchi chegara postlarining aholi vakillari uchun ochilayotganini aytish mumkin. Kuni kecha faoliyati qayta tiklangan Farg‘ona viloyati Vodil chegara posti va Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tasarrufidagi “Madaniyat” chegara bojxona postlaridan endi piyodalar emin-erkin harakatlanishi mumkin.

Postlarning ochilish marosimlari katta tantanaga aylandi. Unda so‘z olganlar o‘zbek va qirg‘iz xalqlarining tarixi umumiy, madaniy va diniy qadriyatlari mushtarak, an’ana va urf-odatlari o‘xshash ekani, ikki xalq o‘rtasidagi qadimiy do‘stlik, qardoshlik va ahil qo‘shnichilik munosabatlari keyingi vaqtlarda yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi.

Har ikki chegara bojxona posti ayni damda piyodalar harakatlanishi uchun ochiq. Post ish tartibi soat 07:00 dan 19:00 ga qadar etib belgilangan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-10-2017, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют