» » Yunusobodda Spark ikki ayolni urib yubordi. Ikki jabrlanuvchi ham vafot etdi

Yunusobodda Spark ikki ayolni urib yubordi. Ikki jabrlanuvchi ham vafot etdi


29-sentabr kuni soat 19:20 larda Yunusobod tumanida joylashgan Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti yotoqxonasi qarshisida 1988-yilda tug‘ilgan erkak kishi boshqaruvidagi Spark avtomobili ikki piyodani urib yubordi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.

Spark bilan to‘qnashgan ikki ayol qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Nexia’ga urilgan. Oqibatda 1995 va 1987-yilda tug‘ilgan qizlar Toshkent tibbiyot akademiyasida vafot etgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-10-2017, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют